Yaponiya muxlislariga ayollardan chaqiriq: «Uyda ham shunday qiling!»

    • Author, Kox Eve
    • Author, Kurumi Mori
    • Role, Yaponiyadagi muxbir
    • Reporting from, Tokio
  • Published
  • O'qilish vaqti: 3 daq

Ko‘p yillardan beri yaponiyalik futbol muxlislari Jahon chempionati o‘yinlaridan keyin stadionlarni tozalagani uchun maqtov olib keladi. Ammo bu safar ular uyida tanqidga uchramoqda.

Shu hafta o‘yindan keyin yaponiyalik muxlislar chiqindi paketlari bilan tribunalarni tozalayotgani aks etgan fotosuratlar tarqalganida, ba’zilar buni ikki xil yondashuv deb qabul qildi: jamoat joyida o‘zidan keyin tozalaydigan, ammo uyda bu yukni xotiniga qoldiradigan erkaklar.

Yaponiyalik bir plakat tezda ommalashdi, unda stadionda chiqindi yig‘ib yurgan erkak va uyda divanda yotib, telefon ishlatayotgan, yonida kir savati turgan va xotini idish yuvayotgan holatdagi o‘sha inson taqqoslangan.

"Yaponiyalik erkaklar uy yumushlarida ko‘proq qatnashishi kerak", deb yozilgan edi plakatda, chunki ularning uy ishlariga sarflaydigan vaqti dunyodagi eng qisqalardan biri hisoblanadi.

Skip Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz and continue readingIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Bu post X tarmog‘ida 60 ming marta layk olgan.

"Hamma dunyoni qutqarmoqchi, lekin hech kim onasiga idish yuvishda yordam berishni xohlamaydi", deb yozdi bir foydalanuvchi, amerikalik yozuvchi PJ O'Rourke so‘zlarini keltirib.

"Bu yerda chiqindi yig‘ib yurgan odamlar orasida, ehtimol, uyida yosh bolasi bor va Jahon chempionatini ko‘rish uchun bolani xotiniga qoldirgan kimsalar ham bordir", deb yozdi yana biri.

Jamoat joylarida tozalik va o‘zidan keyin yig‘ishtirib ketish yaponiya madaniyatida chuqur o‘rnashgan.

Biroq uy ishlariga vaqt ajratish bo‘yicha yaponiyalik erkaklar yuqori rivojlangan mamlakatlar orasida eng past o‘rinda turadi.

2021-yildagi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ma’lumotlariga ko‘ra, yaponiyalik ayollar har kuni uch soatdan ortiq bepul mehnat qiladi — bu erkaklar sarflaydigan vaqtdan besh baravardan ko‘p. Erkakalar kuniga atigi 47 daqiqa vaqt ajratadi.

Bu tafovut ayniqsa yosh oilalarda yaqqol ko‘rinadi. 2021-yildagi hukumat so‘roviga ko‘ra, olti yoshdan kichik bolalari bo‘lgan ikki daromadli oilalarda ayollar kuniga yetti soatdan ortiq uy ishlarini qiladi, erkaklar esa bu ishni ikki soatdan kam qilishadi.

Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari chet elda chiqindi yig‘ishni munofiqlik deb baholadi, chunki Yaponiyada katta tadbirlardan keyin jamoat joylari ko‘pincha chiqindi bilan to‘lib ketadi.

Biroq uy ishlarini taqsimlash haqidagi bahslar kuchayib borayotgan bir paytda, ko‘pchilik yaponiyalik muxlislarning stadion tozalash odatini tanqid qilish emas, rag‘batlantirish kerak deb hisoblaydi.

"Buning qaeri sharmandalik?" deb yozdi bir foydalanuvchi. "Bu 'yaponiyaliklar chet elda chiqindi tashlayapti' degan xabarlardan ancha yaxshi".

Bunday tozalash ishlari boshqa mamlakat muxlislariga ham ta’sir ko‘rsatganga o‘xshaydi.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda portugaliyalik muxlislar ham katta paketlar bilan tribunalardan chiqindi yig‘ib yurgani ko‘rinadi, va ko‘pchilik bu an’anani yaponiyaliklar boshlab berganini ta’kidlamoqda.