Yangi 20 dollarlikda ayol aksi paydo bo‘ladi

Сурат манбаси, AFP. Women on 20S
AQSh Moliya vazirligi xabar qilishicha, yangi chiqariladigan 20 dollarlik banknotda qullikka qarshi kurashgan afroamerikalik faol Garriyet Tabmen aks ettiriladi.
U yuz yildan oshiq vaqt mobaynida Amerika pulida aks etadigan ilk ayol bo‘ladi.
Ungacha bu sharafga birinchi xonim Marta Vashington loyiq topilgan. Uning aksi 1891-1896 yillarda chiqarilgan 1 dollarlik kumush sertifikatda berilgan, 1865-1869 yillardagi 20 dollarlik kupyurada hindularning qirolichasi Pokaxontas surati qatnashgan.
Yangi chiqariladigan 20 dollarlik banknotda qullikni bekor qilish uchun kurashgan Garriyet Tabmen surati AQShning yettinchi prezidenti, quldor bo‘lgan Endryu Jeksonning portreti o‘rnini egallaydi.
O‘tgan yil Moliya vazirligi 10 dollarlik banknotlarda AQSh moliya tizimi asoschisi Aleksandr Gamilton portretini almashtirishni rejalashtirayotganini bildirgandi.

Сурат манбаси, AP
Biroq bu tashabbus Amerika jamiyatida salbiy qarshilangan.
Amerika yangi banknotlari dizaynida bundan boshqa ham o‘zgarishlar bo‘lishi kutilyapti.
AQSh Moliya vaziri Jek Lyuning bildirishicha, 10 dollarlik kupyuraning old tomonida Gamilton portreti saqlanib qoladi, orqa tomonida esa ayollar huquqlari uchun kurashgan harakat rahbarlari aks ettiriladi.
Besh dollarlik pullarda fuqarolik huquqlari uchun harakat faollari suratlari bo‘ladi.
20 dollarlik banknotning qahramoni bo‘lishi kutilayotgan Garriyet Tabmen 1820 yilda Merilend shtatida qul oilasida tug‘ilgan. 1849 yil shimolga qochib, qullikka qarshi kurashuvchi abolitsionistlarharakatiga qo‘shiladi.

Сурат манбаси, AP
"Maxfiy temir yo‘l" faollar sektasida qatnashib, plantatsiyalarada ishlovchi qullarning shimoliy shtatlar va Kanadaga qochishlariga yordam beradi. Shaxsan o‘zi kamida 70 ta qulni ozod qilishga muvaffaq bo‘ladi.
Aynan Garriyet Tabmenning portreti 20 dollarlik pulda paydo bo‘lishi uchun ijtimoiy tarmoqda o‘tkazilgan so‘rov qatnashchilari ovoz berganlar.
"Women On 20s" tashabbus guruhi tomonidan "20 dollarlikdagi ayollar" ijtimoiy so‘rovida Tabmendan tashqari yana 19 ayolning ismi sharifi ko‘rsatilgan.
Ular orasida sobiq birinchi xonimlardan Eleanor Ruzvelt, qora tanlilar huquqlari uchun kurashgan Roza Parks, hindular dohiylaridan Vilma Menkillerlar ehtimoliy nomzodlar sifatida ko‘rilgan.
Yangi kupyuraning yakuniy nusxasi 2020 yilda namoyish etiladi.
- BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
- TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
- Instagram - BBC UZBEK
- Twitter - BBC UZBEK
- Odnoklassniki - BBCUZBEK
- Facebook - BBC UZBEK
- Google+ - BBC UZBEK
- YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
- Skype - uzbekbbclondon
- bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring




























