Ijtimoiy minbar: "Odamlar ertaga nima bo‘lishini bilishmaydi"

Published
Ўқилиш вақти: 2 дақ

O‘zbekistonda AQSh dollarining kursi keskin ko‘tarilib ketishi ortidan huquq-tartibot idoralari "qora bozor" ustidan nazoratni kuchaytirgan.

Natijada, xususan, poytaxt bozorlaridan valyutachilarning yo‘qolib qolgani va xorijiy valyuta ayirboshlashning qiyinlashgani aytilmoqda.

Ayrim xabarlarga ko‘ra, dollar narxini tushirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida O‘zbekiston vino-aroq sanoatiga tegishli 20 dan ortiq korxonalarda tekshiruvlar boshlangan.

Kuch tizimlari o‘tkazgan amaliyotlarning samarasi o‘laroq, so‘nggi bir oy mobaynida 20 foizga qimmatlagan AQSh dollari o‘tgan dam olish kunlari qora bozorda yana 15 foiz qiymatini yo‘qotgan.

Ammo 4000 so‘mgacha tushib ketgan dollarning oxirgi kunlarda yana ko‘tarilishni boshlagani va chorshanba kuni 4400-4500 so‘mga sotilayotgani aytilmoqda.

Shu tariqa bu safar ham O‘zbekistondagi valyuta bozoriga birinchi bo‘lib Markaziy Bank emas, balki kuch tizimlari mudoxala qildi.

Markaziy Bank valyuta ayirboshlashga cheklovlar joriy etilgani haqidagi xabarlarni zo‘r berib rad etish bilan ovora bo‘ldi.

MBning Rossiya telekanallaridan ayni xabar uchun raddiya talabi ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonliklarning tanqid va kinoyalariga sabab bo‘lgan.

Kuzatuvchilar o‘tmishda bo‘lgani kabi, bu safar ham kuch tizimlarining aralashuvi vaqtinchalik natija berishi, uzoq muddatda hukumat jiddiy moliyaviy-iqtisodiy islohotlarga qo‘l urmasa, so‘mni butunlay barbod bo‘lishdan asrab qolish imkonsiz ekanini aytishmoqda.

So‘nggi yillarda mehnat muhojirlarining uylariga jo‘natgan milliardlab dollar mablag‘lar milliy valyuta qurbini ushlab turgan.

Ammo Rossiyadagi inqiroz bois bu pul-mablag‘lar miqdori, ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra, 40 foizga tushib ketgan.

Jahon Banki va BMT Rossiyadagi iqtisodiy inqiroz post-sovet hududidagi davlatlarda iqtisodiy o‘sishning sekinlashuviga olib kelishini aytgan.

Ayrim farazlarga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Janubiy Koreyaga safaridan asosiy maqsad ham O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoyalar jalb etishdir.

Seulga tashrifi chog‘ida janob Karimov O‘zbekistonning ikkinchi yirik sarmoyadori bo‘lgan Janubiy Koreya ishbilarmonlarini O‘zbekistonga pul olib kirish manfaatli ekaniga ishontirishga urinadi.

Ammo toshkentlik tadbirkor va mustaqil iqtisodchi Jahongir Shosalimovning aytishicha, mamlakatda erkin konvertatsiyaning yo‘qligi va qora bozordagi dollar kursining bir ko‘tarilib, bir tushayotgani nafaqat xorijiy, balki mahalliy tadbirkorlar va oddiy aholini ham sarosimaga solib qo‘ygan.

Facebook dagi BBCO'zbek cahifasida qoldirilgan sharhlar:

Bakhrom Akramov: Yaponiya dunyoning ikkinchi ekonomikasi bula turib doim uzining valyutasini kadrsizlanishi uchun kurashadi.

"O‘n ming, Yigirma besh ming, Ellik ming so‘mlik pullarni chiqarish kutilmayaptimikan?.."
Сурат тагсўзи, "O‘n ming, Yigirma besh ming, Ellik ming so‘mlik pullarni chiqarish kutilmayaptimikan?.."

Asli Cicek: O‘zbekistonning ekonomikasi cho‘kib ketayapti-ku...

Rahmatilla Ram: Hayotimiz dollarga bog‘liq bo‘p qoldi.

Jahongir Fayzullayev: Dollar neftni narxi tushsa ko‘tarilsa, rubl neft narxi ko‘tarilsa oshsa, so‘m nima bo‘lsa ko‘tarilib tushaveradi...

Ihtiyor Ismailov: Xozir xammaga kiyin xech bir davlat mazza kilib yashayotgani yuk.

Nodir G‘ofurov: Bugungi kursni kim aniq biladi?..

Dilya Dilya: Tinchlik bo‘lsin doim, pul topiladi, qadri bo‘lsayam, bo‘lmasayam...

Utkir Sadikov: O‘n ming, Yigirma besh ming, Ellik ming so‘mlik chiqarish kutilmayaptimikan?..

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio