Los Anjeles namoyishlari: Tramp va gubernator bir-birini ayamadi, namoyishda o‘zbekistonliklar ham bormi?

namoyish

Surat manbasi, Reuters

    • Author, Kristal Haes
    • Role, BBC News
    • Author, Lyusi Klark-Billings
    • Role, BBC News
  • Published
  • O'qilish vaqti: 3 daq

Prezident Donald Tramp dengiz piyodalari va 2 000 Milliy Gvardiya askarini Los Anjelesga yuborishni buyurdi.

Shu bilan birga migratsiya hibsga olishlariga qarshi norozilik bildirayotganlarga misli ko‘rilmagan tarzda "zarba berish"ga va’da berdi.

Trampning 700 nafar professional harbiy xizmatchilar va minglab Milliy Gvardiya askarlarini joylashtirish haqidagi g‘ayrioddiy qarori - migratsiya bo‘yicha ko‘plab hibsga olishlar natijasida boshlangan ko‘cha noroziliklarining to‘rtinchi kunida amalga oshdi.

Los Anjeles chet elda tug‘ilgan va lotin amerikasi aholisiga ega bo‘lgan shahar.

Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom bu qarorni qoralab, X tarmog‘ida shunday deb yozdi: "AQSh dengiz piyodalari diktator prezidentning aqldan ozgan fantaziyasini amalga oshirish uchun Amerika tuprog‘ida o‘z vatandoshlari qarshisiga qo‘yilmasligi kerak. Bu Amerika uchun xos emas".

Tramp va Nyusom o‘rtasidagi dahanaki jang

Reuters
Hozirda mazkur namoyishlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ishtirok etgani to‘g‘risida hech qanday rasmiy tasdiqlangan ma’lumot kelib tushmadi.
O'zbekiston TIV
Batafsil: BBC.COM/UZBEK

Kun davomida Prezident Tramp va Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi akkanutlari orqali o‘zaro zarbalar almashishdi.

Mana, ularning bir-biriga aytganlari:

Tramp Nyusomni "qobiliyatsiz" deb atadi.

Tramp Truth Social sahifasida usiz Los Anjeles "yo‘q bo‘lib ketishini" aytdi.

"O‘ta layoqatsiz 'gubernator' Gevin Nyusom va 'mer' Karen Bass, shunday deyishlari kerak edi: 'RAHMAT, PREZIDENT TRAMP, SIZ JUDAYaM AJOYIBSIZ. BIZ SIZSIZ HYeCh KIMMMIZ, JANOB'".

Video tagso‘zi, Milliy gvardiya namoyishchilar bilan to‘qnashgani aks etgan tasvirlar

Nyusom Trampning hibsga olish taklifi ortidan javob qaytardi.

Tramp jurnalistlarga Nyusomni hibsga olish "ajoyib" bo‘lar edi, dedi.

Nyusom ijtimoiy tarmoqlarda bunga javoban, bu "avtoritarizm sari dadil qadam" ekanini aytdi.

Avvalroq, Trampning chegaralar bo‘yicha vakili Tom Homan ham shunday tahdid qilgan edi, Nyusom esa: "Meni hibsga oling. Keling, bunga barham beraylik, jasur yigit", deyishdan tortinmadi.

"Agar ular tupurishsa, biz ularni uramiz"

Tramp Nyusomni to‘ntarishlarni rag‘batlantirishda va Milliy Gvardiya a’zolarining yuziga tupurishda aybladi.

"Ularga misli ko‘rilmagan tarzda zarba berilishiga va’da qilaman," dedi u Truth Social da.

Nyusom Trampni "ulg‘ayishga" chaqirdi

Hammasi qanday boshlandi?

Los-Anjelesdagi immigratsiya reydlariga qarshi norozilik aktsiyalari yakshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp "qo‘shinlarni olib kirish"ga chaqirgan paytda avj oldi.

Oshib boruvchi betartibliklar natijasida asosiy magistral yopildi va o‘zini o‘zi boshqaradigan mashinalar qatori yoqib yuborildi. Bunga huquq-tartibot idoralarining olomonni qaytarish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz, rezinali o‘qlar va yorilish granatalaridan foydalangani sabab bo‘lgan.

Yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:15 da politsiya Los-Andjeles markazini "noqonuniy yig‘ilish" zonasi deb e’lon qildi, bu uch kunlik norozilik namoyishlari va o‘nlab hibslardan so‘ng yuz berdi.

Video tagso‘zi, 9 kanal muxbiri Lauren Tomasiga rezina o‘q kelib urilgan onlar

Namoyishlar Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) xodimlari shahar bo‘ylab reydlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘lgach, juma kuni Los-Anjeles markazidagi Federal bino oldida boshlandi.

Kaliforniya gubernator Gevin Nyusom va Los-Anjeles meri Karen Bass shanba kuni alohida izohlarda mahalliy politsiya noroziliklarni yengishga qodir deb hisoblashlarini aytdi.

Ammo shanba kechasi, namoyishchilar va immigratsiya idoralari o‘rtasida ikki kunlik to‘qnashuvlardan so‘ng, Tramp Nyusomning xohishiga qarshi chiqib, 2000 nafar Milliy Gvardiya askarini joylashtirishni buyurdi.

Yakshanba ertalab shaharga birinchi guruh qo‘shinlar yetib kela boshladi va ular noqonuniy migrantlar hibsga olingandan so‘ng olib boriladigan hibsxona markazi tashqarisida joylashdi.

Nyusom Trampning qo‘shinlarni joylashtirish qarorini "noqonuniy" va "axloqsiz" deb atadi va administratsiyani sudga berish bilan tahdid qildi.

ICE kimlarni chiqarib yubormoqda?

Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) AQSh prezidentining mamlakat tarixidagi "eng yirik deportatsiya operatsiyasi"ni amalga oshirish maqsadida noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilmoqda. Los-Anjeles, aholining uchdan bir qismidan ko‘prog‘i AQShdan tashqarida tug‘ilgan shahar, amaliyotlar uchun asosiy nishon bo‘ldi.

May oyi boshida ICE Los-Anjeles mintaqasida bir haftalik operatsiya davomida 239 ta noqonuniy migrantni hibsga olganini e’lon qildi. Umumiy hibslar va deportatsiyalar Tramp kutganidek emas edi.

Skip Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: and continue readingBizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

Keyingi oyda Oq uy ICE xodimlari uchun kunlik kamida 3000 ta hibsga olish rejasini qo‘ydi.

Rasmiylar ish joylari, jumladan, restoran va chakana savdo do‘konlarini qamrab olib, qidiruv doirasini kengaytirdi.

Ushbu ambitsioz deportatsiya kampaniyasi doirasida Salvadordagi mega-qamoqxonaga migrantlarni, jumladan, AQShda qonuniy bo‘lgan kamida bir shaxsni ko‘chirishni o‘z ichiga oldi. Trampning ko‘plab xatti-harakatlari huquqiy e’tirozlarga duch keldi.

O‘zbekistonliklar ham namoyishda ishtirok etmoqdami?

O‘zbekiston TIV Los-Anjelesda bo‘layotgan namoyishlar yuzasidan OAVlar tomonidan kelayotgan savollarga izoh berdi.

"Hozirda mazkur namoyishlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ishtirok etgani to‘g‘risida hech qanday rasmiy tasdiqlangan ma’lumot kelib tushmadi", deyiladi xabarda.

Vazirlik AQShdagi barcha o‘zbekistonliklarni ushbu mamlakatning amaldagi qonun-qoidalariga qat’iy amal qilishga, tinchlik va xavfsizlikni buzishi mumkin bo‘lgan har qanday ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirgan.

"O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari xorijdagi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda davom etadi. Zarur hollarda fuqarolarimiz AQShdagi Elchixonamiz va Bosh konsulxonamizga murojaat qilishlari mumkin".