Tramp AQSh konstitutsiyasini o‘zgartirib, uchinchi marta prezident bo‘lishi mumkinmi?

Shavkat Mirziyoyev ham O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritilishi va barvaqt saylovlar chaqirilishi natijasida uchinchi marta prezidentlikka saylangan.

Surat manbasi, President.uz

Surat tagso‘zi, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritilishi va barvaqt saylovlar chaqirilishi natijasida uchinchi marta prezidentlikka saylangan.
    • Author, BBC Yangiliklar bo‘limi
  • Published
  • O'qilish vaqti: 2 daq

AQSh Prezidenti Donald Tramp Oq Uyga uchinchi marta saylanish ehtimolini istisno qilmasligini bildirdi. «Jon deb qilgan bo‘lardim», - dedi u.

Ba’zi tarafdorlari uning uchinchi muddatga saylanishini taqiqlovchi AQSh Konstitutsiyasini aylanib o‘tish uchun 2028 yilda vitse-prezidentlikka saylanishiga undashgan. Ammo, Tramp buni rad etdi.

Osiyo bo‘ylab safari chog‘ida jurnalistlarga gapirar ekan, 79 yoshli prezident bu g‘oyani «juda ayyorona» deya tasvirladi va bu to‘g‘ri ish bo‘lmasligini aytdi.

U prezidentlikka uchinchi marta nomzodligini ilgari surish uchun qanday usulni qo‘llashi noaniq.

O‘tgan hafta Trampning sobiq strategi Stiv Bannon prezidentni uchinchi marta saylash uchun «reja» amalda ekanini aytgan.

«Tramp 2028 yilda prezident bo‘ladi va odamlar shunga o‘rganishlari kerak. Vaqti kelganda, reja bilan tanishtiramiz», - dedi Bannon.

Steve Bannon
Reuters
Tramp 2028 yilda prezident bo‘ladi va odamlar shunga o‘rganishlari kerak. Vaqti kelganda, reja bilan tanishtiramiz.
Stiv Bannon
Trampning sobis strategi (bbc.com/uzbek)

Yaponiyadan Malayziya parvozi chog‘ida u: «Bu haqida o‘ylab ko‘rganim yo‘q. Lekin, ommaviy fikr so‘rovlarida men har qachongidan ham yuqori darajadaman», - dedi.

Shuningdek, u o‘ziga muqobil sifatida Vitse-prezident JeyDi Vans va Davlat kotibi Marko Rubioni ehtimoliy vorislari deya taqdim qildi.

Skip Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz and continue readingIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

«Sizga aytadiganim shuki, bizda ajoyib odamlar guruhi bor, ularda esa – yo‘q», - dedi u demokratlarga ishora qilib.

AQSh konstitutsiyasining 22-o‘zgartirishi prezidentlar uchinchi muddatga saylanishga urinishiga taqiq qo‘ygan.

Bu o‘zgartirishni bekor qilish uchun Vakillar palatasi va Senat a’zolarining uchdan ikki qismining ovozi kerak bo‘ladi. So‘ng esa 50ta shtatdan 38tasi uni tasdiqlashi kerak. Buni ko‘plar imkonsiz deb ko‘ryapti.

Kelgusi AQSh prezidentlik saylovlarida Tramp 82 yoshida bo‘ladi.

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Kelgusi AQSh prezidentlik saylovlarida Tramp 82 yoshida bo‘ladi.

Trampning ashaddiy tarafdorlaridan biri, Tennessi shtatining kongressmeni Andi Ogls yanvarda 22-o‘zgartirishni o‘zgartirishga chaqirgandi. Uning da’vo qilishicha, Trampning prezidentlik muddatlari birin-ketin bo‘lmagan, demak keyingi muddati uchinchisi deya sanalmasligi kerak.

Mart oyida CNBC kanaliga bergan intervyusida Tramp o‘z nomzodini ilgari surishi ehtimoli kamligini aytgandi, keyinroq esa buning teskarisini aytgan.

Demokratlardan kim 2028 yilda Oq Uyna saylanish uchun nomzodini qo‘yishi hali noaniq, lekin ba’zilar allaqachon qiziqish bildirishgan.

Yakshanba kuni Kaliforniya gubernatori Gavin Nyusom CBS kanaliga prezidentlikka nomzodini qo‘yishni rejalamayotganini aytsa, bu yolg‘on bo‘lishini bildirgan.

Sobiq Vitse-prezident va Trampning 2024 yilgi saylovlardagi raqibi Kamala Harris ham BBC bilan suhbatda o‘z nomzodini ilgari surishini aytdi.

Tramp 6 noyabr kuni Vashingtonda «Markaziy Osiyo - AQSh» sammitiga mezbonlik qilishi mo‘ljallangan. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etishi kutiladi.