O‘zbekiston bilan hamkorlik chuqurlashar ekan, Turkiya Markaziy Osiyoda yangi ta’sir kuchiga aylanmoqdami? - (Video)

Surat manbasi, Rasmiy
Turkiya qurol-yarog‘ eksporti, qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar, o‘quv dasturlari va mudofaa sohasidagi hamkorlik orqali Markaziy Osiyodagi harbiy ishtirokini izchil ravishda kengaytirib bormoqda. O‘zbekiston va uning qo‘shni davlatlari Turkiyada ishlab chiqarilgan jangovar texnikani xarid qilmoqda. Bu jarayonda O‘zbekiston Anqaraning mintaqadagi eng yaqin xavfsizlik hamkorlaridan biriga aylandi.
Aloqalarning kuchayib borayotganining navbatdagi belgisi 8-iyun kuni kuzatildi. Bu kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yanvar oyida Anqaraga tashrifi chog‘ida imzolangan harbiy tibbiyot sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi.
Mazkur bitim harbiy shifokorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, bemorlarni birgalikda davolash hamda stomatologiya, farmatsevtika va umumiy tibbiyot kabi qariyb o‘nta yo‘nalish bo‘yicha tajriba almashishni nazarda tutadi
End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Mudofaa vaziri Shuxrat Xalmuxamedovning "O‘zbekiston 24" telekanali bilan suhbatda xalqaro hamkorlikni kengaytirish mutaxassislar tayyorlash, yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish hamda tibbiyotning ustuvor yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun yangi imkoniyatlar yaratishini aytdi. Bitim, shuningdek, qo‘shma mashg‘ulotlar va tibbiyot muassasalarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.
O‘zbekiston bir necha yillardan beri Turkiya harbiy texnikasiga qiziqish bildirib keladi.
Aprel oyida prezident Turkiya bilan harbiy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida mudofaa vaziri Shuxrat Xalmuxamedovning hisobotini tingladi. Uchrashuvda Turkiya Qurolli kuchlarining yuqori lavozimli vakili ham ishtirok etdi. Tomonlar ikki mamlakat mudofaa idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Bu jarayon harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish va harbiy kadrlar tayyorlashni o‘z ichiga oladi.
Bu haqda gazeta.uz nashriyoti yozgan.
O‘zbekiston bilan mudofaa hamkorligi

Surat manbasi, Gazeta.uz
Bundan avval, 20-yanvar kuni Anqarada O‘zbekiston va Turkiyaning Tashqi ishlar, mudofaa va ichki ishlar vazirligi hamda maxsus xizmatlar rahbarlari ishtirokida Turkiya-O‘zbekiston "4+4 mexanizmi"ning yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Tashrif doirasida Turkiya prezidenti O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qilgan.
Ushbu format ikki davlatning yuqori martabali diplomatik, mudofaa va xavfsizlik vakillarini birlashtiradi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Turkiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonotlarida ma’lum qilingan.

Surat manbasi, Rasmiy
Toshkent–Anqara harbiy aloqalari tarixi

Surat manbasi, Rasmiy
2019-yil aprel oyida Jizzax viloyatining tog‘li hududidagi Forish harbiy poligonida Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari ishtirokida maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tishi haqida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. Mashg‘ulotlar O‘zbekistonning Pokiston va Turkiya bilan harbiy hamkorlik rejalariga muvofiq o‘tkazilishi hamda Mudofaa vazirligi qayd etishicha, amaliy ko‘nikmalarni oshirish va tajriba almashishga qaratilgan barcha bosqichlar Forish poligonining tog‘li sharoitida tashkil etilishi ham ushbu bayonotda bildirilgan. Bu haqda 2019-yil aprel oyida mahalliy nashriyotlar yozgan.

Surat manbasi, Gazeta.uz
2021-yil mart oyida O‘zbekiston va Turkiya maxsus bo‘linmalari Surxondaryodagi Termiz dala-o‘quv maydonida qo‘shma maxsus-taktik mashg‘ulotlar o‘tkazdi. O‘zbekiston mahalliy va rasmiy axborotiga ko‘ra, mashg‘ulotlar ikki davlat mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq tashkil etilgan.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i polkovnik Lazizjon Usmonov, Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i polkovnik Po‘latjon Sativaldiev, Turkiya maxsus operatsiya kuchlari brigadasi komandiri o‘rinbosari polkovnik Rushtu To‘redi hamda ikki mamlakat harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
Xabarda, o‘quv mashg‘ulotlar davomida harbiylar tajriba almashish, maxsus-taktik yo‘laklardan o‘tish, yaqin jang elementlari va murakkab sharoitlarda harakat qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashganligi aytiladi.
Harbiy hamkorlik 2021-yildan keyin ham davom etdi. Keyingi yillarda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston harbiy xizmatchilari Turkiyada o‘tkazilgan Turkiya Qurolli Kuchlari muntazam ravishda mezbonlik qiladigan va o‘nlab davlatlar harbiylari qatnashadigan yirik ko‘p millatli harbiy mashg‘ulotlarda ham ishtirok etdi.

Surat manbasi, Rasmiy
2022-yilda O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Turkiyaga tashrif buyurib, harbiy ta’lim va mudofaa sanoati bo‘yicha yangi bitimlarni imzolagan. Bu haqda O‘zbekiston mudofaa vazirligi rasman bayonot nashr etgan.
Muzokaralardan so‘ngi, matbuot oldida chiqishida Bahodir Qurbanov imzolangan bitimlar birinchi navbatda ikki davlat mudofaa tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Unga ko‘ra Turkiya-O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan. Shuningdek u muzokaralar davomida harbiy, harbiy ta’lim, hamda harbiy texnik sherikliklarini amalga oshirish jarayonlarini kelishib oldik dedi.
Anqaraning Markaziy Osiyodagi kengroq faolligi

Surat manbasi, Rasmiy
Turkiyaning ortib borayotgan roli faqat O‘zbekiston bilan cheklanmaydi.
Turkiya mahalliy nashrlarining rasmiylarga tayanib yozishicha, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston Rossiya hamda Xitoyga an’anaviy qaramlikdan tashqariga chiqib, tashqi aloqalarini diversifikatsiya qilishga intilar ekan, Anqara ushbu davlatlar uchun tobora muhim hamkorga aylanyapti.
Turkiyaning mudofaa tahlilchilari ham, Qozog‘iston bilan mudofaa sanoati, aviakosmik soha va uchuvchisiz apparatlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik rivojlanib, turk kompaniyalari mamlakat mudofaa sanoatida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelmoqda deyishadi.
Qirg‘izistonning mahalliy matbuoti rasmiylarga tayanib yozishicha, Qirg‘iziston bilan Turkiya o‘rtasida ham so‘nggi yillarda harbiy mudofaa hamkorligi kuchaydi. 2023-2024 yillari Bishkek Anqaradan "Bayraktar TB2", "Aksungur" va "Aqinji" kabi harbiy dronlarni sotib oldi. Qirg‘iz rasmiylari bu dronlar mamlakat mudofaasi uchun katta ahamiyatga ega ekanini, chegara xavfsizligini ta’minlashda va harbiy salohiyatni oshirishda samarali bo‘lganini ta’kidlashgan.
Turkiyalik mutaxassislar, Turkmaniston ham turk zirhli texnikasi, harbiy kemalari va Bayraktar TB2 dronlarini xarid qilganligi haqida aytishadi. Ular bu jarayonlarni Turkiyaning Markaziy Osiyodagi mudofaa aloqalari kengayib borayotganining yana bir belgisi sifatida baholaydi.
Strategik hisob-kitoblar
Tahlilchilar Turkiyaning ortib borayotgan ta’siri kengroq geosiyosiy o‘zgarishlarni aks ettirishini aytmoqda.
Rossiyaning e’tibori Ukraina urushiga qaratilgani uning Markaziy Osiyodagi faolligini kamaytirdi. Shu bilan birga, Xitoy iqtisodiy jihatdan ustun mavqeini saqlab qolmoqda. Bu esa mintaqa davlatlarini yanada ko‘p yo‘nalishli tashqi siyosat yuritishga undamoqda.
Shunday ekan, kuzatuvchilar Turkiyaning Osiyodan Yevropagacha cho‘zilgan Yevrosiyo qudrati sifatida yuksalishi turkiy davlatlarga "milliy manfaatlarini himoya qilish uchun yangi va mustaqil qarorlar qabul qilish" imkonini berishi mumkinligini ta’kidlaydi.






























