Netanyahu yanada jiddiy masala bo‘yicha so‘roq qilindi, AQSh Eronni bombalamoqchi, Tramp nega Putindan "achchiqlandi"?

Surat manbasi, AFP
Isroil Bosh vaziri o‘ta jiddiy masala bo‘yicha ko‘rsatma bermoqda, politsiya uning ikki yordamchisini hibsga olgan. AQSh Eron yadroviy dastur bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralardan bosh tortsa mamlakatni bombardimon qilmoqchi. Tramp nega Putindan achchiqlandi?
Qatargeyt: Netanyahuni maxsus bo‘lim so‘roq qildi, maslahatchilari hibsda
So‘nggi bir necha kun ichida Isroilda "Qatargeyt" deb nom olgan mojaro bilan bevosita bog‘liq bir qator voqealar ro‘y berdi. Xususan, dushanba kuni kechqurun bu ish doirasida Bosh vazir Benyamin Netanyahu so‘roq qilindi.
U Quddusdagi o‘z qarorgohida, o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tergovchilariga ko‘rsatma berdi. Ular bilan uchrashuvga ulgurish uchun, u dushanba kuni ertalab Tel-Avivdagi okrug sudidan zudlik bilan chiqishiga to‘g‘ri keldi. Netanyahu sudda korruptsiyaga oid boshqa jinoyat ishi bo‘yicha ko‘rsatma berayotgan edi.
Tel-Avivdagi jarayon "Qatargeyt" bilan solishtirganda ancha yengildek ko‘rinmoqda. Bu ishda Bosh vazir maslahatchilarining Qatar manfaatlarini himoya qilishdagi ehtimoliy ishtiroki tergov qilinmoqda.
Bu bosqichdagi tergovda Netanyahu gumondor sifatida emas, balki guvoh sifatida qatnashmoqda. Ammo dushanba kuni politsiya uning ikki asosiy yordamchisi — Jonatan Urix va Eli Feldshteynni hibsga oldi, ular asosiy gumondorlar sifatida ko‘rilmoqda.
Isroil manbalarining xabar berishicha, Netanyahuning ko‘rsatmalari sinchiklab o‘rganiladi, shundan so‘ng Bosh prokuratura mazkur ish doirasida uning maqomini o‘zgartirish uchun asos bor-yo‘qligini hal qiladi.
Tramp Eronga zarba bermoqchi, Tehron bevosita muzokaralardan bosh tortdi

Surat manbasi, Getty Images
AQSh Prezidenti Donald Tramp agar Vashington va Tehron Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, AQSh Eronga zarba berishini bildirdi.
"Agar ular kelishuv tuzmasa, bombardimon bo‘ladi. Bu ular hech qachon ko‘rmagan darajadagi bombardimon bo‘ladi", — dedi Tramp NBC News telekanaliga bergan intervyusida. Shuningdek, u Eron mahsulotlariga qarshi yangi ikkillamchi sanksiyalar qo‘llanishi mumkinligini aytdi.
Shu bilan birga, prezident Vashington va Tehron o‘rtasida "aloqalar mavjud"ligini ta’kidladi.
Trampning Xomanaiyga maktubi va ikki oylik muddat
Axios nashrining Amerika rasmiylari va boshqa ikki manbaga tayanib xabar berishicha, Tramp Eronning oliy rahbari Oyatullo Ali Xomanaiyga maktub yuborgan. Unda Tehronga yangi kelishuvni imzolash uchun ikki oy muhlat berilgan.
Nashrga ko‘ra, Trampning maktubi "qat’iy" bo‘lgan. Unda AQSh prezidenti yangi yadroiy kelishuv bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni talab qilgan va agar Tehron uni rad etsa, oqibatlari jiddiy bo‘lishidan ogohlantirgan.
Axios'ning ma’lum qilishicha, Tramp maktubda muzokaralarni cho‘zishni xohlamayotganini bildirgan va ikki oylik muddat belgilagan. Ammo bu muddat maktub olingan kundan boshlab hisoblanadimi yoki muzokaralar boshlanganidan keyinmi — aniq emas.
Nashr manbalariga ko‘ra, Oq uy maktub mazmuni haqida bir nechta AQSh ittifoqchilari — Isroil, Saudiya Arabistoni va BAAga xabar bergan.
Xomanaiy: "Agar tahdid amalga oshsa, AQSh kuchli javob oladi"
Dushanba kuni Eron oliy rahbari Oyatullo Ali Xomanaiy agar Trampning tahdidlari amalga oshsa, AQSh kuchli javob olishini ma’lum qildi.
Xomanaiyning so‘zlariga ko‘ra, Eron va AQSh hamda Isroil o‘rtasida doimo adovat mavjud.
"Ular bizga hujum qilish bilan tahdid qilmoqda, biz buni ehtimoldan yiroq deb hisoblaymiz, ammo agar ular qandaydir yovuzlik qilsa, ular, albatta, kuchli javob oladi", — dedi Xomanaiy Reuters agentligiga bergan izohida.
"Agar ular ilgari bo‘lganidek, mamlakat ichida isyon uyushtirishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, Eron xalqining o‘zi ular bilan hisob-kitob qiladi", — deb qo‘shimcha qildi u.
Eron hukumati G‘arbni mamlakatda tartibsizliklar va norozilik namoyishlarini tashkil etishda ayblaydi. Bular qatoriga 2022–2023 yillardagi noroziliklar ham kiradi, ular Tehron tomonidan ayollarning qat’iy islomiy kiyinish qoidalariga amal qilmagani uchun bostirilgan edi.
Iron muzokaralardan bosh tortdi
12 mart kuni, Trampning maktubini olgandan so‘ng, Xomanaiy uning muzokara o‘tkazish taklifini "aldash" deb atadi.
Yakshanba kuni Associated Press (AP) agentligining xabar berishicha, Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyan Tehronning AQSh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara o‘tkazish taklifini rad etganini ma’lum qildi.
"Garchi ikki tomon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish imkoniyati rad etilgan bo‘lsa-da, bilvosita muzokaralar uchun yo‘l ochiqligicha qolmoqda", — dedi Eron prezidenti.
Tramp Putindan "jahli" chiqqan bo‘lsa-da, Rossiya AQSh bilan ishlashni davom etirmoqda

Surat manbasi, Reuters
Rossiya prezidenti Donald Tramp Vladimir Putindan "g‘azablanishi" va "jahli chiqqani"ga qaramasdan, Kreml AQSh bilan hamkorlikni davom ettirayotganini bildirdi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov "Biz, birinchi navbatda, ikki tomonlama munosabatlarimizni qurish bo‘yicha AQSh tomoni bilan ishlashda davom etamiz", — dedi dushanba kuni jurnalistlarga bergan bayonotida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hafta Putin va Tramp o‘rtasida telefon suhbati rejalashtirilmagan, "lekin kerak bo‘lsa, Putin bunday qo‘ng‘iroqqa ochiq".
End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
Trampning Putinga nisbatan achchiqlanishi va tahdidlari
Kremlning vaziyatni yumshatishga urinishi AQSh prezidenti Donald Trampning NBC News ga bergan intervyusida Putinga nisbatan qattiq so‘zlar ishlatganidan so‘ng yuz berdi.
Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga qarshi tanqidlar qilgani uchun Putinga "jahli chiqqanini" aytdi.
Shuningdek, Tramp agar Putin Ukrainadagi otashkesim kelishuviga rozi bo‘lmasa, Rossiya neftini xarid qilayotgan davlatlarga 50%lik tarif joriy qilish bilan tahdid qildi.
Bu Rossiya prezidentiga nisbatan ohangning sezilarli o‘zgarishini anglatadi.
AQSh va Rossiya rasmiylari Ukrainadagi urushni tugatish borasida kelishuvga erishi uchun bir necha hafta muzorkalar olib bordi. Bu vaqt davomida Tramp Putinnni tanqid qilmasdan, ko‘pincha Zelenskiyni tanqid qildi.
Siz, meni juda achchiqlandi, xafa bo‘ldi, deyishingiz mumkin, chunki... Putin Zelenskiyning obro‘siga putur yetkazishga o‘tdi, bu esa to‘g‘ri emas.
Ammo Trampning Putinga nisbatan g‘azabi Rossiya prezidenti judma kuni Ukrainada BMT ko‘magida Zelenskiy o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan muvaqqat hukumat g‘oyasini ilgari surgandan so‘ng paydo bo‘ldi.
"Siz, meni juda achchiqlandi, xafa bo‘ldi, deyishingiz mumkin, chunki... Putin Zelenskiyning obro‘siga putur yetkazishga o‘tdi, bu esa to‘g‘ri emas", — dedi Tramp.
"Yangi rahbariyat bo‘lishi, kelishuv uzoq vaqtga kechikishini anglatadi", - deya qo‘shimcha qildi u.
Rossiya matbuoti Trampni tanqid qilmoqda
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov dushanba kungi matbuot anjumanida Trampning NBC'ga aytgan so‘zlari noto‘g‘ri talqin qilinganini da’vo qildi.
Shu bilan birga, Rossiya matbuotida Trampga nisbatan kamdan-kam uchraydigan tanqidlar paydo bo‘ldi.
Kremlparast nashr "Moskovskiy Komsomolets" Trampni tanqid qilib, "ukrain kuchlari Rossiyaning energiya infratuzilmasiga hujum qilishini to‘xtatish majburiyatlarini bajarmayapti" deb yozdi.
"Prezident Tramp darajasidagi barcha kelishuvlar bozor kunida bir necha tangaga arziydi", — deb yozdi gazeta. Shu bilan birga, "Moskva AQSh prezidenti bilan kelishuvga tayyor" deb qo‘shimcha qildi.





























