Odamsimon robotlar parki

Видео тагсўзи, Odamsimon robotlar parki
Odamsimon robotlar parki
Published

Janubiy Koreyadagi ko‘ngilochar kompaniya Seul shahrida robotlar mavzusiga bag‘ishlangan parkni ochdi. Unda gumanoid (odamsimon) robotlar ijrosidagi boks janglari va K-pop chiqishlari namoyish etiladi. “Menda tabiiy ravishda robotlarga ham qiziqish uyg‘ondi va robotlar hayotimizning bir qismiga aylanadigan ushbu kelajakni yosh bolalar bilan baham ko‘rsak qanday bo‘lardi, degan fikr ustida o‘ylay boshladim. Shu sababli, bu maskan bolalar uchun robotlar tematik parki konsepsiyasi asosida ishlab chiqildi”, dedi “Galaxy Corporation” kompaniyasi bosh direktori Choy Yong Xo.