Gʻazoni qizlar qayta quradimi?
Gʻazoni qizlar qayta quradimi?
Published
Gʻazolik 17 yoshli Tala Musa va uning 15 yoshli singlisi Farah yoshlar oʻrtasidagi dunyodagi eng yirik ekologik tanlov - "Earth Prize 2026" tanlovining Yaqin Sharq mintaqasidagi gʻoliblari deb topildi.
Ular vayronalarni qayta ishlatiladigan gʻishtlarga aylantirishni koʻzda tutuvchi "Build Hope Palestine" loyihasi uchun ushbu mukofotga loyiq koʻrildi. Ular taklif qilgan usul vayron bo'lgan binolar parchalarini maydalab elash, soʻngra qoliplarga quyib, g'isht holatida quritishdan oldin ularni gil va kul kabi bogʻlovchi moddalar bilan aralashtirishdan iborat.