O‘zbekiston: Olmaliqlik yigit nega hamon adolat izlayapti?

Видео тагсўзи, O‘zbekiston: Olmaliqlik yigit nega hamon adolat izlayapti?
O‘zbekiston: Olmaliqlik yigit nega hamon adolat izlayapti?
Published

Hali 2019 yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidagi baxtsiz hodisada og'ir jarohat olgan Zokirjon Qurbonboev haligacha nogironlikni rasmiylashtira olmayapti.

Uning aytishicha, buning asosiy sababi — ish joyida sodir bo'lgan hodisani tasdiqlovchi M-1 dalolatnomasi rasmiylashtirilmagan.

Sudlar mazkur hujjatni tayyorlash majburiyatini korxona zimmasiga yuklagan bo'lsa-da, qaror hozirgacha ijro etilmagan.

Zokirjon sud qarorlari bajarilishini talab qilmoqda.

BBC mazkur masala bo'yicha mutasaddi tashkilotlardan hozirgacha izoh ololmadi.