O‘zbekiston: Gaz portlashida 6 kishi halok bo‘ldi. Nimalar ma’lum?
Qashqadaryo viloyatidagi portlashda kamida 6 kishi halok bo'lgan, 5 kishi jarohatlangan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko'ra, portlash Qarshi tumanidagi maishiy gaz ballonlariga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida ro'y bergan. Voqea borasida yana nimalar ma'lum?
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yongin tasvirlarida ko'kka ulkan qora tutun o'rlaganini ko'rish mumkin.
Rasmiylar, voqea 8 kuni tushdan keyin sodir bo'lganini va yong'in o'chirilganini aytishmoqda.
Gaz quyish shoxobchalirda portlash holatlari O'zbekistonda har yili kuzatiladi. Ammo kamida 6 nafar insonning halok bo'lishi juda kamdan-kam kuzatiladi.
O'zbekistonda hozir suyultirilgan gaz ballonlari ishlatish va avtomashinalarni ham gaz bilan quvvatlash keng qo'llaniladi.