O‘zbekiston va mintaqa: Rossiya Tolibonni kuchaytiradimi?
O‘zbekiston va mintaqa: Rossiya Tolibonni kuchaytiradimi?
Published
Shu kunlarda Tolibon Afg‘onistonda qudratga qaytganiga besh yil bo‘ldi.
Harakat Afg‘onistonni yana o‘zining Islomiy Amirligi, deb e’lon qilgan. Uni yakka o‘zi boshqaradi.
Muxoliflari bilan tinchlik muzokaralari istiqbolini yo‘qqa chiqargan.
Tolibon yaqinda Moskva bilan harbiy hamkorlikka oid bitimni imzolarkan, Rossiyani "muhim global qudrat", deb atagan.
Yangi kelishuvning "o‘ta muhim"ligini ta’kidlagan.
Rossiyaga o‘zining Mudofaa vazirini yuborishgacha borgan.
Tolibon bu orada mintaqadagi eng yirik Qurolli kuchlarga ega bo‘lish istagini ham oshkora izhor etgan.
Afg‘oniston O‘zbekiston, mintaqaga ham chegaradosh.
Shunday ekan, bu bitim hozir Tolibonga nega kerak?