O‘n minglab o‘zbekistonlik chetdan, Rossiyadan qaytariladimi?

Video tagso‘zi, O‘n minglab o‘zbekistonlik chetdan, Rossiyadan qaytariladimi?
O‘n minglab o‘zbekistonlik chetdan, Rossiyadan qaytariladimi?
Published

Tataristondagi fojeadan so‘ng O‘zbekistonda yangi taklif berildi.

Ukrainaning 10 avgust kungi dron hujumi oqibatida Rossiyaning Tataristonida quruvchi bo‘lib ishlayotgan sakkiz nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan, yana bir qanchasi yaralangan.

Bu o‘shanda ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p muhokama mavzusiga aylangan.

O‘zbekistonning o‘zida yetarlicha ish o‘rinlari bo‘lganida, odamlar chetga ish izlab ketmagan bo‘lishardi, degan fikrlar ham aytilgan.

Xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston endi Rossiya va chetdagi o‘n minglab fuqarosini mamlakatning o‘zida ish bilan ta’minlamoqchi.

Tafsilotlari uchun videomizni ko‘ring, yana YouTube kanalimizga boqing.

Videoni boshqalarga ham ulashing, fikrlaringizni qoldiring.