O‘zbekiston, mintaqa va Afg‘oniston: Rossiya endi kim taraf?

Video tagso‘zi, O‘zbekiston, mintaqa va Afg‘oniston: Rossiya endi kim taraf?
O‘zbekiston, mintaqa va Afg‘oniston: Rossiya endi kim taraf?
Published

Rossiya Tolibon bilan imzolagan harbiy hamkorlikka oid bitim mintaqada yangi savollarni paydo qildi.

Aksar Markaziy Osiyo davlatlarining Tolibon hukumati bilan munosabatlari yaxshi.

Rasmiy Toshkent yaqinda Tolibon boshqaruvi ostidagi Afg‘oniston bilan harbiy hamkorlik niyatidan ham so‘z ochgan.

Ammo hech bir mintaqa davlati Tolibonning hukumatini halicha rasman tan olmagan.

Qo‘shtepa kanalining qurilishi bo‘ladimi, mintaqada qolayotgan AQSh harbiy aviatexnikasining taqdiri – tomonlar o‘rtasida hali to‘liq yechimini topmagan ziddiyatli masalalar ham yo‘q emas.

Tolibon tarafi esa shu orada yana o‘zaro chegaralar mavzusini ham tilga olgan.

Mintaqa so‘nggi yillarda Afg‘onistondan hujumga ham uchrab turibdi.

Rossiya bilan yangi bitim bu ziddiyatlar yechimida qanday rol o‘ynashi mumkin?